Alvaresning «Barselona»ga transferi amalga oshmasligi mumkin
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvaresning “Barselona”ga o‘tishi, kataloniyaliklar bu transfer ustida ish olib borayotganiga qaramay, ayni paytda deyarli imkonsiz deb baholanmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Atletiko” va “Barselona” o‘rtasidagi muzokaralar “matraschilar” futbolchi uchun yakuniy narxni belgilaguncha muvaffaqiyatli kechayotgan edi. Biroq bu summa 100 million yevrodan oshib ketgan. Shuningdek, argentinalik futbolchiga “PSJ” ham qiziqish bildirmoqda va fransuz klubi, “Barselona”dan farqli ravishda, “Atletiko” talab qilayotgan mablag‘ni to‘lashga tayyor.
Qayd etilishicha, “matraschilar” kataloniya klubining Alvares transferi doirasida boshqa futbolchilarni — masalan, Mark Bernal, Fermin Lopes yoki Ronald Arauho’ni kelishuvga qo‘shish taklifini ham rad etgan.