locale OZ

Alvares «Barselona»ga o‘tishni yana istamoqda

Kataloniya klubi ham Xulianning transferidan voz kechgani yo‘q.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alvares «Barselona»ga o‘tishni yana istamoqda
ФОТО: Getty images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares qishki transfer oynasida «Barselona»ga o‘tishni xohlamoqda.

«Ko‘k-anorranglar» o‘tgan yozda argentinalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan edi. Alvaresning ham bu transferga xohishi borligiga qaramay, «Atletiko» muzokaralar olib borishni istamadi.

Topskills Sports UK ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi yanvar oyida «Barselona»ga o‘tish g‘oyasini yana amalga oshirishga urinib ko‘rmoqchi. Hujumchi «Atletiko» muxlislarining unga bo‘lgan munosabatidan norozi ekani aytilmoqda.

Biroq «Barselona» hujum chizig‘ini kuchaytirish zaruratini jiddiy his qilmayapti. Bunga sabab sifatida Rafinyaning mavsum boshida hujumchi pozitsiyasida yuqori darajada o‘yin ko‘rsatayotgani keltirilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting