locale OZ

Alonso «Yuventus» yulduzi uchun Mbappedan tashqari «Real»ning istalgan futbolchisini sotishga tayyor

Madrid klubi hujum chizigʻini mustahkamlashni maqsad qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alonso «Yuventus» yulduzi uchun Mbappedan tashqari «Real»ning istalgan futbolchisini sotishga tayyor
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Yuventus» hujumchisi Kenan Yildizga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda futbolchining agenti Jovanni Branchini Tuttomercatoweb nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Branchining soʻzlariga koʻra, «qirollik klubi» bosh murabbiyi Xabi Alonso 20 yoshli vingerni jamoaga olib kelish uchun Kilian Mbappedan tashqari istalgan futbolchini sotishga tayyor.

Maʼlumot uchun, Kenan Yildiz joriy mavsum barcha turnirlarda 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Yuventus» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi.

Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting