Alonso: «Umid qilamanki, bu – biz birga nishonlaydigan ko‘plab g‘alabalarning boshlanishi»
Фото: Getty Images
“Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso “Osasuna”ga qarshi o‘yinda (1:0) jamoasining o‘yinidan mamnunligi haqida gapirdi.
“Natija biz uchun muhim. O‘yinda ijobiy jihatlarimiz borligi ko‘zga tashlandi. Ikki haftalik yozgi yig‘indan so‘ng ko‘proq tayyorgarlikka ega bo‘lgan jamoaga qarshi o‘ynadik.
Ayrim narsalar yetmadi, ammo bu ishimizni davom ettirish uchun barqarorlikka yo‘l ochadi.
Bu o‘yindan saboq olishimiz kerak. Chunki shunday bahslarga yana ko‘p duch kelamiz va oldinga siljishda davom etamiz.
Bosh murabbiy sifatida “Santyago Bernabeu”ga qaytish — ajoyib tuyg‘u. Umid qilamanki, bu — biz birga nishonlaydigan ko‘plab g‘alabalarning boshlanishi”, — dedi “Real” bosh murabbiyi klub telekanaliga bergan intervyusida.
Bahrom Bobonov
Redaktor