locale OZ

Alonso: «Tarkibimizda Mbappening borligi — ulkan omad»

«Real» bosh murabbiyi Mbappeni Ronalduga qiyosladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alonso: «Tarkibimizda Mbappening borligi — ulkan omad»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe va portugaliyalik afsona Krishtianu Ronaldu o‘rtasida o‘xshashliklar borligini ta’kidladi.

Mutaxassis Mbappening jamoa tarkibidagi ahamiyatini baholab, ularni birlashtiruvchi jihatlarga alohida to‘xtaldi.

«Kilian ham Krishtianu singari “Real” tarixida o‘z izini qoldirish sari intilyapti. Uning ambitsiyasi, statistikasi… U tanlab olingan futbolchilardan biri. U bilan har kuni ishlash — haqiqiy zavq. Mbappening boshqalarga ta’sir ko‘rsatish istagi, uning yuqtiruvchi energiyasi — aynan mana shu jihatlar uni Krishtianuga yaqinlashtiradi. Men ularning umumiy tomonlarini shunda ko‘raman.

Krishtianu — bu Krishtianu, Kilian esa — Kilian. Ikkalasi ham ajoyib futbolchilar. Bizning tarkibda Kilian borligi — ulkan omad. Uning salohiyatidan maksimal darajada foydalanishimiz kerak», — deya Xabi Alonsoning so‘zlarini keltiradi AS.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting