locale OZ

Alonso «Real» uchun «yangi Kroos» topdi

Madrid klubi transfer uchun 60 million yevro sarflashga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alonso «Real» uchun «yangi Kroos» topdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Adam Uortonga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Xabi Alonso 21 yoshli angliyalik futbolchini «yangi Toni Kroos» deb hisoblaydi va uning transferini shaxsan so‘ramoqda. «Real» Uorton uchun 60 million yevro toʻlashga tayyor.

Maʼlumot uchun, Uorton joriy mavsum barcha turnirlarda 13 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning «Kristal Pelas» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi.

Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Adamning hozirgi bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting