locale OZ

Alonso oʻrniga «Real» boshqaruviga keladigan asosiy nomzod maʼlum boʻldi — manba

Ispaniya Superkubogi Madrid klubi uchun burilish nuqtasi boʻlishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alonso oʻrniga «Real» boshqaruviga keladigan asosiy nomzod maʼlum boʻldi — manba
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa asosiy jamoada Xabi Alonsoning o‘rnini egallash uchun ehtimoliy nomzod hisoblanadi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «qaymoqranglilar» rahbariyati tarkibdagi muammolarni hal qilish maqsadida qishki transfer oynasida faol bo‘lish variantini ham ko‘rib chiqqan. Biroq klub ichida yanvar oyidagi xaridlar ehtimoli past deb baholanmoqda.

Qayd etilishicha, Ispaniya Superkubogi «Real» uchun mavsumdagi muhim burilish nuqtasiga aylanishi mumkin. Xabi Alonsoning kelajagi hanuz noaniqligicha qolmoqda, uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida «Kastilya» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ko‘rilmoqda.

Hozirda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 42 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar peshqadam «Barselona»dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.

Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Real» «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting