Alonso: «Bugun bizga barqarorlik yetishmadi»
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya La Ligasining 13-turidan o‘rin olgan «Elche»ga qarshi o‘yindan (2:2) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Hisobni 1:1 qilib tenglashtirganimizda darhol gol o‘tkazib yuborganimiz achinarli bo‘ldi. 2:1 hisobining o‘zi bizni biroz sindirdi. Bunga qaramay, kurashda davom etdik, 2:2 qildik va yana bir yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik. 1:1 bo‘lgan paytda o‘yinni raqib maydoniga ko‘chirishimiz kerakligini his qildim. Har bir o‘yindan keyin tahlil qilaman. Murabbiylar shtabi bilan xulosa chiqarishga, futbolchilarga nimani yaxshi bajarayotganimizni va qaysi jihatlarni yaxshilashimiz kerakligini yetkazishga harakat qilaman.
Bugun bizga barqarorlik yetishmadi. Birinchi bo‘limda o‘yin bizning foydamizga kechdi va oldinga chiqish imkonimiz bor edi, ammo bundan foydalana olmadik», — deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Maʼlumot uchun, 13-turdan so‘ng «Real» 32 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Elche» esa 16 ochko to‘plab, 9-o‘rinni egallab turibdi.