Alonso: «Biz o‘z darajamizda harakat qilmadik va so‘zsiz mag‘lub bo‘ldik»
"Real" ustozi Madrid derbisidagi mag‘lubiyatga izoh berdi.
ФОТО: Getty image
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Atletiko"ga qarshi o‘yindan (2:5) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Juda achinarli o‘yin o‘tkazdik. Na jamoaviy birlashib harakat qildik, na yaxshi pressing qila oldik. Tan olish kerakki, biz o‘z darajamizda harakat qilmadik.
Hozirda yaxshi jamoa qurish bosqichidamiz, bugun birinchi mag‘lubiyatni qabul qildik va sodir bo‘lgan voqealardan xulosa chiqarishimiz shart. Biroq hech qanday bahona bo‘lishi mumkin emas.
Bu derbi va unda so‘zsiz mag‘lub bo‘ldik. Balki bu kelajak uchun saboq bo‘lar. Umuman olganda esa o‘z o‘yinimizga munosib tarzda mag‘lub bo‘ldik", – dedi "Real" bosh murabbiyi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist