locale OZ

Alonso: «Arbeloa kelajakda «Real» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin»

Ispaniyalik mutaxassis madridliklaring yoshlar jamoasi murabbiyi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alonso: «Arbeloa kelajakda «Real» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso «qirollik klubi» yoshlar jamoasi bilan ishlayotgan Alvaro Arbeloa kelajakda asosiy jamoani boshqarishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.

«Menimcha, Arbeloa kelajakda «Real» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Biroq biz siz so‘rayotgan masalani o‘zaro muhokama qilganimiz yo‘q», — deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Ma’lumot uchun, Alvaro Arbeloa 2020 yildan buyon «Real» tizimida murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Xabi Alonso esa madridliklar bosh murabbiyi lavozimini o‘tgan yozda qabul qilib olgan. 44 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. «Real» so‘nggi sakkizta uchrashuvda barcha musobaqalar doirasida uch marta mag‘lub bo‘ldi, uch bor durang qayd etdi va ikki g‘alabaga erishdi. Ispaniya chempionatining 15 turidan so‘ng madridliklar 36 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting