locale OZ

“Al-Nasr” Kaysedo uchun 100 million funt sterling sarflashga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“An-Nasr” Kaysedo uchun 100 million funt sterling sarflashga tayyor
Photo: Getty Images

Saudiya Arabistonining“Al-Nasr” klubi yozda“Chelsi” yarim himoyachisi Moyzes Kaysedoni sotib olmoqchi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, saudiyaliklar Kaysedo transferi uchun 100 million funt sterling sarflashga tayyor. Futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilda yakuniga yetadi.

Ma'lumot uchun, Kaysedo 2023 yilning yozida “Brayton”dan “Chelsi”ga kelib qo'shilgandi. Joriy mavsum APLda 32 o'yinda 1 ta gol urgani va 2 assistni o'z hisobiga yozib qo'ygani ma'lum.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting