locale OZ

“Al-Ittihod” “Nyukasl” futbolchisi uchun 120 million yevro to'lashga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Al-Ittihod” “Nyukasl” futbolchisi uchun 120 million yevro to'lashga tayyor
FOTO: Getty Images

Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi “Nyukasl” yarim himoyachisi Bruno Gimarayshga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, saudiyaliklar Braziliya terma jamoasi futbolchisi uchun shartnomasida ko'rsatilgan 120 million yevrolik tovon pulini to'lashga tayyor.

Qayd etilishicha, 27 yoshli futbolchining agenti o'tgan hafta Saudiya Arabistonida bo'lgan va “Al-Ittihod” rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazgan.

Shuningdek, Gimarayshga “Al-Hilol” ham qiziqish bildirmoqda. Agar riyodliklar “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandeshni qo'lga kirita olmasa, Gimaraysh uchun kurashga qo'shiladi.

Ma'lumot uchun, Gimaraysh 2022-yilning qishida “Lion”dan “Nyukasl”ga o'tgan edi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 153 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting