locale OZ

Alisher Shukurov «Qizilqum»ni tark etdi

Futbolchi Navoiy jamoasi safida 8 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alisher Shukurov "Qizilqum"ni tark etdi
Фото: Қизилқум ПФК

“Qizilqum” jamoasi tarkibida oʻzgarishlar davom etmoqda.

Sports24.uz xabar berishicha, jamoani tojikistonlik yarim himoyachi Alisher Shukurov tark etdi. U mavsum boshida jamoa safiga kelib qoʻshilgandi.

Bu vaqt davomida Shukurov 8 ta oʻyinda maydonga tushdi. Shundan 2 tasini asosiy tarkibda boshladi. 256 daqiqa davomida oʻynagan va birorta samarali harakatni amalga oshirmagan.

24 yoshli futbolchi endilikda faoliyatini Tojikiston chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting