«Al-Ittihod» Kloppni Saudiya Arabistoniga olib kelmoqchi
Jamoa 4 turdan so‘ng 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.
ФОТО: Getty images
“Al-Ittihod” klubi Jurgen Kloppni bosh murabbiy etib tayinlashni istamoqda. Bu haqda Arriyadiyah nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 58 yoshli mutaxassis Saudiya Arabistoni klubi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Avvalroq “Al-Ittihod” klubi o‘z maydonida “An-Nasr”ga (0:2) mag‘lub bo‘lganidan so‘ng Loran Blanni iste’foga chiqargandi.
Jamoa 4 turdan so‘ng 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, klub bosh murabbiyligiga nomzodlar orasida Xavi, Unai Emeri, Luchano Spalletti va Serjiu Konsesau kabi murabbiylar ham bor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist