«Al-Hilol» Levandovskini sotib olmaslikka qaror qildi
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski transferidan voz kechdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi yozgi transfer oynasida 36 yoshli polyak futbolchini xarid qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan. Biroq Levandovski Kataloniya klubini tark etishni istamagan.
Shuningdek, “Barselona” rahbariyati ham futbolchi bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
“Al-Hilol” keyinchalik e’tiborini “Liverpul” hujumchisi Darwin Nunesga qaratdi va u bilan 2028 yil yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Levandovskining amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Hujumchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida jami 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 42 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 12 million yevroga baholagan.