«Al-Hilol» Lamin Yamal uchun dahshatli summa taklif qildi
Yamal yaqinda “Barselona” bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" hamda Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamal uchun Saudiya Arabistonidan ulkan taklif yuborildi. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Riyod klubi futbolchi uchun 400 million yevro to‘lashga tayyor. Ammo "Barselona" Lamin Yamal bo‘yicha bildirilgan dastlabki taklifni rad etgan va uni klubning muhim futbolchisi sifatida jamoada saqlab qolmoqchi ekanligini bildirgan.
Biroq, klubdagi moliyaviy sabab tufayli transfer amalga oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal yaqinda "Barselona" bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi. Yangi bitimga ko‘ra, futbolchi yiliga 21 million yevro maosh oladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist