locale OZ

«Al Ahli» Vinisius uchun 300 mln funt taklif qilishga tayyor

Saudiya klubi braziliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Al Ahli" Vinisius uchun 300 mln funt taklif qilishga tayyor
ФОТО: Getty images

“Al Ahli” klubi Madridning “Real” jamoasi bilan hujumchi Vinisius Junior transferi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Indykaila News nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi 25 yoshli braziliyalik futbolchining transferi uchun “qirolicha klubi”ga 300 million funt sterling taklif qilishga tayyor.

Agar Vinisius “Real” bilan 2027 yil 30 iyunda yakunlanadigan shartnomasini uzaytira olmasa, transfer 2026 yil yozida amalga oshishi mumkin.

Joriy mavsum Vinisius Junior barcha musobaqalar doirasida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting