locale OZ

Akmal Rustamov: «Sun’iy qoplamali maydonda to‘p tepish baribir qiyin»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akmal Rustamov: «Sun’iy qoplamali maydonda to‘p tepish baribir qiyin»
Фото: Қизилқум ПФК

Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Xorazm” – “Qizilqum” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida navoiyliklar ustozi Akmal Rustamov jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- OKMK bilan o‘yindan so‘ng Xorazmgacha uzoq yo‘l bosib o‘tdik. Futbolchilarning jismoniy holatini maromiga keltirish qiyin bo‘ldi. Shunga qaramay, futbolchilar bor kuchini berishdi, ularga rahmat aytmoqchiman. 2-3 nafar futbolchilarimiz – Shohruz Norkhonov, Islombek Kenjaboyev, Ilhomjon Vahobov bugun o‘yinda ishtirok eta olishmadi. Yigitlar yo‘qotishlarning o‘rnini sezdirmashdi.

Birinchi bo‘limda 3-4 ta golli vaziyat yaratdik, lekin yakuniy nuqtada qiynaldik. Navoiydan kelgan muxlislarga ham rahmat aytmoqchiman.

- Superliga tarixida birinchi marta sun’iy maydonda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maydon borasida fikringiz qanday?

- "Xorazm"da sun’iy maydon ekanligidan xabardor edik. Shu bois o‘yindan oldin Navoiy futbol akademiyasi maydonida sun’iy maydonda mashg‘ulot o‘tkazishga ulgurdik. Buning uchun akademiya rahbarlariga rahmat aytaman. O‘yinda mashg‘ulotdagiga nisbatan boshqacha yuklama bo‘ladi. Sun’iy qoplamali maydonda to‘p tepish baribir qiyin.

- O‘yin davomida vaqt cho‘zishlar nimadan kelib chiqmoqda?

- To‘g‘ri tushunishingizni so‘rayman. Futbolchilarim ataylab vaqtni cho‘zmayapti. O‘yinlar oralig‘ida vaqt kam. 1 kun yo‘lga, 2 kun mashg‘ulotga sarflanmoqda. Futbolchilarning jismoniy holatida toliqish bor. Bu, menimcha, hamma jamoada yuz berayotgan holat. Charchoq shundan kelib chiqmoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting