locale OZ

Akmal Rustamov: «Biz bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik»

"Qizilqum" bosh murabbiyi "Neftchi" bilan o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akmal Rustamov: «Biz bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik»
Фото: Қизилқум ПФК

Superliga 29-turidan o‘rin olgan "Neftchi" – "Qizilqum" (4:1) bahsidan so‘ng navoiyliklar bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Ammo bellashuvning boshida o‘tkazib yuborilgan ikkita tezkor gollardan keyin jamoa o‘ziga kelishi biroz qiyin bo‘ldi. Lekin ikkinchi bo‘limda o‘zgartirishlarimiz o‘z samarasini berdi va hisobni qisqartirishga erishdik.

"Neftchi" jamoasining urgan uchinchi golida futbolchi to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan edi. Lekin urilgan gol hisobga olindi. O‘sha vaziyatda hakam golni hisobga olmaganda, bahsdagi natija butunlay boshqacha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin edi.

Futbolchilarimga maydonda borlarini berib harakat qilgani uchun rahmat aytaman va "Neftchi" jamoasini chempionlik bilan tabriklayman. So‘nggi turda o‘z uyimizda "Sho‘rtan" bilan o‘ynaymiz va mazkur bahsda chiroyli g‘alaba bilan mavsumni yakunlamoqchimiz. Ha, yana bir narsa, bugun Navoiydan uzoq yo‘l bosib kelgan muxlislarimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman", – dedi Rustamov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting