locale OZ

Agar Alonso «Real»dan isteʼfoga chiqarilsa, uning oʻrnini kim egallashi maʼlum

Hozirda madridliklar La Liga turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Agar Alonso «Real»dan isteʼfoga chiqarilsa, uning oʻrnini kim egallashi maʼlum
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi sport direktori Santyago Solari amaldagi bosh murabbiy Xabi Alonso jamoani tark etgan taqdirda klubni boshqarishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

So‘nggi kunlarda bir nechta futbol agentlari «Real» rahbariyati bilan bog‘langan, biroq ularning hech biri klub tashqarisidan yangi bosh murabbiy izlanayotgani haqida ijobiy signal olmagan. Aksincha, manbaga ko‘ra, rahbariyat zarurat tug‘ilgan taqdirda yechimni klub ichidan topishga tayyor. Bu borada asosiy nomzod sifatida Santyago Solari ko‘rilmoqda.

Qayd etish joiz, Solari avval ham — 2018/2019 yilgi mavsumda — «Real» bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ayni paytda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 39 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Barselona»dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting