locale OZ

Adeyemi «MYU» va «Inter» bilan muzokara olib bormoqda

«Borussiya D» hujumchisi mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Adeyemi «MYU» va «Inter» bilan muzokara olib bormoqda
FOTO: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Karim Adeyemi boshqa klublar bilan aloqaga chiqmoqda. Bu haqda Bild xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi mavsum yakunida Dortmund jamoasini tark etishga moyil va u APL yoki A Seriyaga o‘tishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, yaqinda Adeyemining manfaatlarini mashhur agent Jorje Mendesh himoya qila boshlagan. Agent uning transferi yuzasidan «Manchester Yunayted» va «Inter» klublari bilan bevosita muzokara olib bormoqda.

Joriy mavsumda 23 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 14 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Nufuzli Transfermarkt portali Adeyemining bozor qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting