locale OZ

Adeyemi «Barselona» uchun tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Kelib chiqadigan bonuslar 7 million yevrogacha yetishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Adeyemi «Barselona» uchun tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi
ФОТО: Getty images

Dortmundning «Borussiya» klubi vingeri Karim Adeyemi «Barselona»ga o‘tish oldidan tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli germaniyalik futbolchi Kataloniya klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Xabarga ko‘ra, Adeyemining transferi 18 iyul, shanba kuni rasman e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, aynan shu kuni futbolchi «ko‘k-anorranglilar» safidagi ilk mashg‘ulotida ishtirok etishi mumkin.

Biroq hujumchining rasmiy taqdimoti kelasi haftadan oldin bo‘lmaydi. Sababi, «Barselona» rahbariyati ayni paytda AQSHda bo‘lib turibdi va klub vakillari qaytganidan so‘ng taqdimot marosimi o‘tkaziladi.

«Barselona» ushbu transfer uchun «Borussiya»ga 22 million yevro qat’iy to‘lov amalga oshiradi. Bundan tashqari, kelishuvga 7 million yevrogacha bo‘lgan bonuslar ham kiritilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting