locale OZ

Abdurauf Buriev «Barselona» afsonasiga tegishli jamoaga o'tishi mumkin

«Paxtakor» yarim himoyachisiga Ispaniyaning «Andorra» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston terma jamoasi va «Paxtakor» klubi yarim himoyachisi Abdurauf Buriev jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda qator sport nashrlari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchiga Gretsiyaning «AEK» klubi va Ispaniyaning «Andorra» jamoasi qiziqish bildirmoqda. Eng jiddiy da’vogar sifatida aynan ispanlar tilga olinmoqda.

«Andorra» joriy mavsumda Ispaniyaning ikkinchi divizionida ishtirok etadi. Klub so‘nggi yillarda jadal o‘sishga erishgan. «Barselona»ning sobiq futbolchisi Jerar Pike rahbarligida jamoa to‘rtinchi ligadan ikkinchi ligagacha ko‘tarildi.

Abdurauf Burievning shunday katta rejalar bilan harakat qilayotgan jamoaga o‘tishi uning faoliyatida yangi bosqich bo‘lishi mumkin.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting