Abduqodir Husonov «Vilyarreal»ga qarshi o‘ynaydimi?
"Vilyarreal" - "Manchester City" uchrashuvi 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi.
ФОТО: Getty images
"Manchester City" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida "Vilyarreal" mehmoni bo‘ladi.
Jamoaning Ispaniyaga safar qiladigan futbolchilari ro‘yxati ma’lum bo‘ldi.
Afsuski, O‘zbekiston terma jamoasi va "Manchester City" himoyachisi Abduqodir Husonov jarohati sabab Ispaniyaga yo‘l olmadi.
Futbolchi hanuz tiklanish bilan ovora. Shu sabab o‘tgan hafta "Everton"ga qarshi bellashuvda ham jamoasiga yordam bera olmadi.
Eslatib o‘tamiz, "Vilyarreal" - "Manchester City" uchrashuvi 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist