Abduqodir Husanov qatorasiga ikkinchi bor «Siti»da oyning eng yaxshi futbolchisiga nomzod
Husanov aprel oyida «shaharliklar» safida 3 ta uchrashuvda to‘liq 90 daqiqadan harakat qildi.
ФОТО: Getty images
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov aprel oyi yakunlariga ko‘ra klubning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzodlar qatoriga kiritildi. U mart oyida ham ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Klub tomonidan e’lon qilingan oylik so‘rovnomada Husanov bilan birgalikda portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva hamda Niko Orayli ham nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, Husanov aprel oyida «shaharliklar» safida 3 ta uchrashuvda to‘liq 90 daqiqadan harakat qildi. Abduqodir asosiy tarkibda to‘liq harakat qilgan ushbu bahslarning barchasida jamoa g‘alaba qozongan.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist