locale OZ

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

U so‘rovnomada Rodri va Doku ortda qoldirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Himoyachi Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning mart oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 22 yoshli futbolchisi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada yarim himoyachi Rodri va vinger Jeremi Dokuni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan oyda Husonov barcha turnirlarda 6 ta o‘yinda maydonga tushdi, shundan 5 tasini asosiy tarkibda boshladi. Shuningdek, Husanov Angliya Liga Kubogida zafar quchdi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir “shaharliklar” safiga 2025 yil yanvarida Fransiyaning “Lans” klubidan ko‘chib o‘tgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting