locale OZ

Abduqodir Husanov faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abduqodir Husanov faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda LaLazio nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Turinning “Yuventus” klubi 21 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda va yozgi transferlar oynasida uni ijara olishga harakat qiladi.

Qayd etilishicha, “shaharliklar” ham Husanovning ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun boshqa jamoaga ijaraga qo'yib yuborishga qarshi emas.

Eslatib o'tamiz, Abduqodir Husanov qishki transferlar vaqtida “Lans”dan “Manchester Siti” safiga kelib qo'shilgandi. U joriy mavsum “shaharliklar” safida jami 9 ta o'yin o'tkazib, bitta golga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting