locale OZ

Abbosbek Fayzullayev yilning eng katta yutug'ini aytdi

CSKA futbolchisi jahon chempionatiga chiqishni o'z faoliyatidagi tarixiy voqea, deb atadi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Moskva CSKAsi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev so‘nggi bir yil ichidagi eng yorqin yutuqlari haqida fikr bildirdi. Uning ta'kidlashicha, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish shaxsiy va mamlakat futboli tarixidagi eng muhim voqealardan biridir.

— Milliy jamoa bilan jahon chempionatiga yo‘llanma olish — bu men uchun orzu va ulkan faxr. Bu faqat men uchun emas, butun xalqimiz uchun muhim voqea, — dedi Fayzullayev.

Shu bilan birga, u CSKA bilan qo‘lga kiritgan ikki trofey — Rossiya Kubogi va Superkubogi ham alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

— Bu yutuqlarni solishtirmayman, chunki har biri o‘ziga xos qadriyatga ega. Terma jamoa bilan erishilgan muvaffaqiyat — tarixiy, CSKAdagi trofeylar esa men va oilam uchun g‘urur manbaidir, — deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyul kuni Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan OLIMPBET Rossiya Superkubogi finalida CSKA “Krasnodar” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Bellashuvdagi yagona golni 48-daqiqada Igor Diveyev kiritgan. Bu Fayzullayev uchun mavsumdagi ikkinchi trofey hisoblanadi — 1 iyun kuni u jamoasi bilan Rossiya Kubogini ham qo‘lga kiritgandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting