locale OZ

Abbosbek Fayzullayev Rossiya Superkubogi sohibi bo‘ldi

O‘zbek yarimhimoyachisi CSKA tarkibida trofeyni qo‘lga kiritdi va kelajagiga oydinlik kiritmadi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Sports.ru

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va CSKA klubi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev Rossiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. 12 iyul kuni Moskva jamoasi “Krasnodar” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, navbatdagi trofeyni yutib oldi.

Bahsdan so‘ng Fayzullayev jurnalistlar bilan suhbatlashdi. OAV vakillari undan bu o‘yin CSKA safidagi so‘nggisi emasmi, deb so‘rashdi.

— O‘zim ham hali aniq bilmayman, — deya javob berdi futbolchi.

Ta’kidlash joiz, Abbosbek Fayzullayev hozirda Rossiya Kubogi va Superkubogi sohibi hisoblanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting