locale OZ

Abbosbek Fayzullayev transferiga oid yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbosbek Fayzullayev transferiga oid yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi
FОТО: pfc-cska.com

Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi matbuot kotibi Goxan Yilmaz Rossiyaning Sport-Express nashriga bergan intervyusida jamoa SSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Manbaga ko'ra, Istanbul klubi hozircha Fayzullayevni sotib olish haqida o'ylagani yo'q:

“Men jamoamiz skautlari bilan bog'landim. Ular hozircha bu borada hech qanday ma'lumot yo'q ekanligini bildirishdi”, - deydi Yilmaz.

Ma'lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev o'tgan mavsum SSKA safida jami 39 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 8 million yevroga baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting