locale OZ

Abbosbek Fayzullayev o'z o'yiniga past baho berdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbosbek Fayzullayev o'z o'yiniga past baho berdi
FOTO: Getty Images
Rossiya kubogi
01.06.2025, Yak.
FC Rostov
0
CSKA Moskva
0

O'zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev “armiyachilar”ning Rossiya Kubogi Superfinalidagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.

“Bu mening Rossiyadagi birinchi sovrinim bo'lgani uchun ham ahamiyati juda katta. G'alaba yo'lida ko'p narsani yengib o'tdik, juda og'ir o'yinlar bo'ldi, ayniqsa, “Zenit”ga qarshi bahs. Ushbu bellashuvda biz penaltilar seriyasida zafar quchdik. Biz bu kubokka munosibmiz, deb o'ylayman.

Bu mavsumni shaxsan o'zim o'tgan yilgiga qaraganda yomonroq baholayman. Avvalgi mavsum samaradorlik bo'yicha 5+14 ko'rsatkich qayd etgandim. Bu gal esa bu ko'rsatkich 3+8 ko'rinishida bo'ldi.

Mavsumning ikkinchi qismida maydondagi pozitsiyam o'zgardi va buning natijasida o'yinimda pasayish kuzatildi. O'zgarish o'z ta'sirini ko'rsatdi. Mavsum juda yaxshi boshlangandi, keyin o'rnim o'zgardi.

Natijada statistik ko'rsatkichlar avvalgidek bo'lmadi, lekin men yangi pozitsiyaga ko'nikib olishga harakat qildim”, - deydi Fayzullayev.

Eslatib o'tamiz, SSKA Rossiya Kubogi Superfinalida “Rostov”ga qarshi bahs yuritdi. Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach, g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda omad “armiyachilar”ga kulib boqdi (4:3).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting