A Seriya. Lautaroning dublidan so‘ng «Inter» «Piza» ustidan g‘alaba qozondi
Kivu shogirdlari 2-o‘ringa ko‘tarildi.
ФОТО: Getty images
Italiya chempionatining 13-turida “Inter” safarda “Piza”ni 2:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
“Neradzurrilar” safida har ikkala gol Lautaro Martines hisobiga yozildi.
Shu tariqa, “Inter” ochkolarini 27 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Piza” esa 10 ochko bilan 18-pog‘onada qoldi.
A Seriya. 13-tur
Piza — Inter 0:2
Gollar: Martines (69, 83).
Piza — Skuffet, Albiol (Lorran, 80), Karacchiolo, Kanestreli, Ture, Marin, Ebisher, Piccinini (Leris, 71), Angori (Tramoni, 71), Mayster (Buffon, 90), Nzola (Moreo, 90).
Inter — Zommer, Akanji, Acerbi (Bissek, 67), Bastoni, Luis Enrike (Diuf, 67), Barella, Chalxono‘g‘li, Suchich (Zelinski, 46), Dimarko, Tyuram (Esposito, 87), Martines (Augusto, 67).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist