locale OZ

A Seriya klubi De Bruyne bilan muzokara o'tkazdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya klubi De Bruyne bilan muzokara o'tkazdi
FOTO: Getty Images

Xabaringiz bor, belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bruyne mavsum oxirida “Manchester Siti”ni tark etishini e'lon qildi. Futbolchi faoliyatining A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Insayder Janluka di Marsioning xabariga ko'ra, “Napoli” De Bruynega qiziqish bildirmoqda. So'nggi haftalarda neapolliklar sport direktori Jovanni Manna Manchesterda bo'lib, De Bruyne bilan muzokara o'tkazgan.

“Napoli” vakili 33 yoshli futbolchiga loyiha haqida gapirib, uning xohish-istaklarini bilib olgan. Qayd etilishicha, De Bruyne ayni damda oilasi va yaqinlari bilan “Napoli”ga ko'chib o'tish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

Ma'lumot uchun, De Bruyne joriy mavsum 36 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 27 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting