locale OZ

36 yoshli Perishich 'Barselona'ga o'tishni xohlamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
36 yoshli Perishich 'Barselona'ga o'tishni xohlamoqda
Photo: Getty Images

Ivan Perishich 'Barselona'ga o'tmoqchi, deb xabar bermoqda jurnalist Santi Auna.

Avvalroq futbolchiga Xansi Flik ham qiziqayotgani va u bilan transfer masalasida gaplashgani ma'lum qilingandi. Murabbiy xorvatiyalik futbolchini “Bavariya”dagi faoliyatidan yaxshi biladi.

O‘tgan mavsumda 36 yoshli yarim himoyachi PSVda o‘ynadi va agar shartnomani uzaytirmasa, 1-iyul kuni erkin agentga aylanadi.

Ayni paytda Perishich 'Barselona'ni biroz kutishni ma'qul ko‘rmoqda, shu sababli u Niderlandiya klubi bilan shartnomani uzaytirishni keyinga qoldirdi.

O‘tgan mavsumda futbolchi 11 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting