locale OZ

2026/2027 yilgi mavsum uchun La Liganing yangi to‘pining rasmiy surati paydo bo‘ldi

Yangi to‘p STELLAR NITRO deb nomlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2026/2027 yilgi mavsum uchun La Liganing yangi to‘pining rasmiy surati paydo bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Ispaniya La Ligasi 2026/2027 yilgi mavsumda foydalaniladigan to‘pning rasmiy suratlarini e’lon qildi.

Germaniyaning Puma sport kiyimlari va poyabzallari ishlab chiqaruvchisining yangi to‘pi STELLAR NITRO deb nomlandi.

«La Liga uchun Puma'ning yangi rasmiy to‘pini taqdim etamiz. Yangi STELLAR NITRO to‘pi zamonaviy futbolning tezligi va shiddatiga mos ravishda ishlab chiqilgan», — deyiladi La Liganing ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidagi bayonotida.

Ispaniya chempionati yakunlariga ko‘ra, turnir jadvalida birinchi o‘rinni muddatidan avval "Barselona" egalladi. Kataloniyaliklar 38 ta o‘yinda 94 ochko jamg‘arishdi. Madridning "Real" klubi 86 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni 72 ochko jamg‘argan "Vilyarreal" yakunlab berdi.

La Liganing yangi mavsumi 2026 yilning avgust oyida boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting