locale OZ

Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi — O‘zbekistonning turnirdan voz kechishi haqida

Satjanov: “World Boxing” musobaqasi yuqori saviyada o‘tadi, O‘zbekistonning ishtirok etmasligi buni o‘zgartirmaydi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: sports24.kz

Qozog‘iston boks terma jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Satjanov 30 iyundan 7 iyulgacha Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli World Boxing turnirida O‘zbekiston terma jamoasining qatnashmasligiga o‘z munosabatini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston dastlab qatnashishini tasdiqlagan, biroq keyin ro‘yxatdan chiqib ketgan:

“Boshida ariza yuborishgandi, ishtirokchilar ro‘yxatida ham bor edi. Ammo bir-ikki hafta o‘tib, turnirda qatnashmasliklarini bildirishdi. Sababini aytishmadi”, — dedi Satjanov.

Murabbiy fikricha, kuchli raqiblardan biri qatnashmasa ham musobaqa darajasiga ta’sir qilmaydi:

“Nega musobaqa shundan so‘ng zaiflashadi deb o‘ylash kerak? Ostonaga jahon chempionlari, Olimpiada medallari va Osiyoning yetakchi bokschilari keladi. Juda kuchli tarkib yig‘ilmoqda. Turnir yuqori saviyada o‘tadi, deb ishonaman”.

O‘zbekiston nega bunday qaror qabul qilgani haqidagi savolga javob bergan Satjanov qisqacha to‘xtaldi:

“Aniq bilmayman. Balki bu ularning strategiyasidir. Bu ularning tanlovi, muhokama qilmoqchi emasman”.

Ta’kidlanishicha, World Boxing musobaqasi Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikning muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Qozog‘iston terma jamoasining dastlabki tarkibi ham e’lon qilingan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting