Lazizbek Mullojonov WBC Gran-prisida chorak finalga yo‘llanma oldi


Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boks bo‘yicha WBC Gran-prisining nimchorak final janglari qizg‘in pallaga kirdi. Turnirning eng og‘ir vazn toifasida harakat qilayotgan hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov ikkinchi bosqich doirasida marokashlik Youness Baalaga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang 6 raundga mo‘ljallangan bo‘lib, u to‘liq masofada o‘tdi.
Mullojonov barcha raundlarda ustunlikka ega bo‘lib, hakamlarning yakdil qarori bilan — 60:54 hisobida — g‘alabaga erishdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endilikda Lazizbek Mullojonov avgust oyida bo‘lib o‘tadigan chorak final bahslarida ishtirok etadi.
Qayd etish joiz, undan avval Mujibillo Tursunov va Ayubxon Baxtiyorov ham musobaqaning ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l olgan edilar.

Futbol
Kecha da 17:12

Futbol
Kecha da 14:05

Futbol
Kecha da 11:42