Gennadiy Golovkin World Boxing rahbari bo‘lishi mumkin


Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari va afsonaviy bokschi Gennadiy Golovkin xalqaro boks tashkiloti — World Boxing prezidenti lavozimi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda sports24.kz nashri Ualihan Kosanbaiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, saylovlar joriy yilning 2 sentabr kuni Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida tashkilotning navbatdagi kongressi doirasida o‘tkaziladi. Hozirda World Boxing prezidenti sifatida Niderlandiya vakili Boris van der Vorst faoliyat olib bormoqda, ammo uning bu lavozimda qolishi hozircha noma’lum.
Gennadiy Golovkin tashkilot tuzilmasida allaqachon muhim o‘rinni egallab turgan — u World Boxing’ning olimpiya komissiyasiga rahbarlik qiladi. Ushbu komissiya 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlaridagi boks musobaqalarini tashkil etish uchun javobgar hisoblanadi.
Ostonadagi boks bo‘yicha jahon kubogida o‘zbekistonlik sportchilar uchun uchinchi kun taqvimi.

Futbol
Bugun da 15:36

Futbol
Bugun da 13:31

Futbol
Bugun da 09:57