locale OZ

Gennadiy Golovkin Ostonadagi jahon kubogi musobaqasining uchinchi kunida ishtirok etdi

Afsanaviy bokschi World Boxing prezidenti lavozimiga nomzod bo'ladi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Qozog'istonning taniqli bokschisi Gennadiy Golovkin Ostona shahrida bo'lib o'tayotgan WORLD Boxing Cup Astana 2025 musobaqasining uchinchi kunida faxriy mehmon sifatida qatnashdi. U turnirni tribunadan kuzatdi va jumladan, o'zbekistonlik Sabina Boboqulovaning Italiya vakilasi ustidan qozongan ishonchli g'alabasiga guvoh bo'ldi.

Shuningdek, Golovkin xalqaro World Boxing tashkiloti prezidenti lavozimiga o'z nomzodini qo'yish niyatida ekani ma'lum qilindi. Hozirda u ushbu tashkilotda muhim lavozimni — Olimpiya komissiyasi rahbarligini egallab turibdi. Mazkur komissiya 2028 yil Los-Anjelesda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlaridagi boks musobaqasini tashkil etish uchun mas'ul bo'ladi.

Ostonadagi jahon kubogining uchinchi kunida o'zbekistonlik sportchilar jadvali bilan bu yerda tanishing.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting