locale OZ

Bob Arum: Lomachenkoda bel muammolari bor edi — u eng yaxshi formasida bo'lmasa, ringga chiqmaydi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Top Rank promouterlik kompaniyasi prezidenti Bob Arum yengil vazn toifasida IBF va IBO kamarlariga ega bo'lgan ukrainalik Vasiliy Lomachenkoning (18-3, 12 KO) faoliyatini yakunlash qarorini izohladi.

— Lomachenko — haqiqiy sportchi, jiddiy va murosasiz jangchi. Ammo uning belida muammolar bor edi. Bu muammolarni bartaraf etishga urinishdi, afsuski, buning iloji bo'lmadi.
Shu sababdan u nafaqaga chiqishga qaror qildi. Vasiliy o'zini eng yuqori darajada namoyon eta olmasa, u ringga chiqmaydi. Uning qarorini to'laqonli tushunaman va hurmat qilaman. U ham, otasi ham haqiqiy professional. Qaniydi, har bir jangchi Lomachenko singari bo'lsa, — dedi Arum.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Lomachenko so'nggi jangini 2024 yil may oyida o'tkazgan va unda Jorj Kambososni mag'lub etgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting