YL. Ingliz finali tarixdagi eng zo'ri bo'ladimi? Keling avval moziyga safar qilamiz


Gollar, drammalar, yulduzlar harakteri.. Shu kungacha bo'lib o'tgan 26 ta UEFA kubogi hamda Yevropa ligasi finallarining eng esda qolarli beshtasini yodga olishga nima deysiz?

1998 yildan beri UEFA kubogi hamda Yevropa ligasining bir o'yindan iborat finallari hozirgacha 26 marta o'tkazilgan bo'lsa, shularning o'n bittasida qo'shimcha taymlar va yettitasida penaltilar seriyasini tomosha qilganmiz.

1998 yil. “Latsio” 0:3 “Inter”
Parijdagi “Park des Prins” o'yingohida bo'lib o'tgan bahsda Zamorano 5, Zanetti 60, Ronaldo 70 daqiqalarda gol urishgan.
“Roma”ga qarshi kechgan 1991- yilgi ikki o'yindan iborat finalning javob bahsidagi g'alabasi orqali “Inter Milan” o'n yillikdagi o'zining uchinchi kubogini qo'lga kiritgan edi. Haviyer Zanettining say harakatlaridan keyin Zamorano hisobni ochgan edi. Huddi shu juftlik ikkinchi golni ham urgan, bu safar Zanneti darvozabonni jazolagan edi. 21 yoshli superyulduz Ronaldo ham o'sha oqshom o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan edi. 0:3. "O'shanda “Latsio”da ajoyib tarkib bor edi",-deb eslaydi braziliyalik futbolchi.

2001yil. “Liverpul” 5:4 “Alaves”
Dortmunddagi “Westfalenstadion” o'yingohida bo'lib o'tgan dramatik bahsda Babbel 3, Jerrard 16, Makalister 40 (penaltidan), Fovler 72, Geli 116 (avtogol), Alonso 26, Moreno 47, 49, Kroyf 88 daqiqalarda gollar urishgan.

88-daqiqada Xose Manuel Esnalning “Alaves” jamoasi hisobni 4:4 ko‘rinishiga keltirdi, ammo Jerar Ullier shogirdlari uchun kutilmagan manbadan najot keldi, Delfi Geli qo‘shimcha vaqtda o‘z darvozasiga “oltin gol” kiritib, hammasiga nuqta qo'ydi.

2003 yil. “Seltik” 2:3 “Portu”
Sevilla shahridagi “Olimpiko” stadionida bo'lib o'tgan ushbu finalda Larsson 47, 57, Derlei 45, 115, Alenichev 54 daqiqalarda uchrashuvdagi gollarni urishgan.

Joze Mourinyo “Portu”ni boshqargan va futbolni qanchalik qattiq sevishiga misol bo'la olgan. UEFA kubogi finallari tarixida Derlei nomi kumush gol urgan yagona futbolchi sifati muxrlangan.

Asosiy yulduz yarim himoyachi Deko edi. U o'ng va chap taraflardan turli xil driblinglarni amalga oshirib raqib himoyasini qiynab tashlagan edi.

2007 yil. “Espanyol” 2:2 “Sevilla” (penaltilar seriyasida 3:1 hisobida “Sevilla” g'olib bo'lgan)

Glazgovdagi “Hampden Park” stadionida bo'lib o'tgan o'yinda Riera 28, Jonatas 115, Adriano 18, Kanoute 105 daqiqalarda gol urishgan.

“Real Madrid”ning 1985-86 yilgi muvaffaqqiyati kabi “Sevilla” UEFA kubogini himoya qildi. “Espanyol” darvozaboni Andres Palop finaldagi daxshatli seyflari bilan hammanig yodida qolgan edi.

2016 yil. “Liverpul” 1:3 “Sevilla”
Bazeldagi “Jakob-park” stadionida bo'lib o'tgan o'yinda Starij 35, Gameiro 46, Koke 64 va 70 daqiqalarda gol urishgan.

“Sevilla” beshinchi va “Liverpul” to'rtinchi kubogini maqsad qilib tushgan ushbu bahsda Daniyel Starij gol urib “qizillarni” oldinga olib chiqqan edi, ekin Unay Emeri shogirtlari avvaliga Gameironing goli evaziga hisobni tenglashtiradi, keyin esa o'yin tugashidan oldin jamoa sardori Koke ikki marta gol urib uchrashuv masalasini hal qiladi.

“Biz bu musobaqani sevamiz, bu bizning turnirimiz!”,-deb aytgandi “Sevilla” bosh murabbiyi Unay Emeri o'sha paytda.

2025 yil. "Manchester Yunayted"-"Tottenxem"
Bu yilgi final ham avvalgilaridan kam bo'lmaydi, agar ulardan-da zo'rroq bo'lmasa! “Shporlar” tarixda hech qanday sovrin yuta olmagani, shu sababli jamoadan ketgan Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn ham “Bavariya” bilan kubok yutganini hisobga olsak, londonliklar chempion bo'lish uchun borini berib harakat qiladi.

Boshqa tarafdan “Manchester Yunayted”ning “koma” holatiga tushib qolgani va borgan sari “yurak urishi to'xtab borayotgandek” tuyulishini ko'rishimiz mumkin. “Qizil iblislar”ning yana “jonlanishi” uchun yagona yo'l bu yevropa ligasi chempionligini qo'lga kiritish va keyingi mavsum chempionlar ligasida ishtirok etishni ta'minlash.

Bu mavsumgi yevropa ligasi finalida daxshatli bahs bizni kutib turibdi.