locale OZ

Shahzod Rahmatullaev: «Dadamning tug‘ilgan kuniga gol urishni niyat qilgandim, bunga erishdim»

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shahzod Rahmatullaev: «Dadamning tug‘ilgan kuniga gol urishni niyat qilgandim, bunga erishdim»
Фото: Қизилқум ПФК

Superliga 19-turida "Qizilqum" safarda "Xorazm"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona gol Shahzod Rahmatullaev tomonidan kiritildi. Bu g‘alabadan so‘ng u Sports24.uz muxbiri bilan suhbatlashdi.

"Xorazm"ga qarshi o‘yinni yaxshi boshladik. Murabbiylar tomonidan ko‘proq bosim o‘tkazishimiz kerakligi aytilgandi. Tezkor gol urishimiz muhimligi uqtirildi. Xudoga shukrki, vazifani bajardik va tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldik.
18 avgust kuni dadamning tug‘ilgan kunlari edi. O‘sha kuni ertalab dadamga aytgandim: bugun gol urib, sizga bag‘ishlayman deb. To‘g‘ri niyat qilgan ekanman, "Xorazm"ga qarshi bahsda o‘sha muhim golni urishga muvaffaq bo‘ldim.

Akmal aka Rustamov bosh murabbiy sifatida ish boshlaganidan beri Superligada mag‘lub bo‘lganimiz yo‘q. 8ta o‘yindan beri mag‘lubiyatsiz odimlab, tarixiy natija qayd etyapmiz. Bunga ko‘z tegmasin. O‘ylaymanki, g‘alabali seriyamizni davom ettira olamiz.

Keyingi o‘yinni o‘z muxlislarimiz qarshisida o‘ynaymiz. Muxlislarimiz stadionga kelib qo‘llab-quvvatlashadi va bizni yolg‘izlatib qo‘yishmaydi. Umid qilaman, bu o‘yinda ham g‘alaba qozonib, muxlislarimizni quvontirishni maqsad qilganmiz”, — deydi Rahmatullaev Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting