locale OZ

\"Real\" uchun olti nomzodning navbatdagi ikkisi haqida. Sizningcha qaysi biri amalga oshishi mumkin?

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" uchun olti nomzodning navbatdagi ikkisi haqida. Sizningcha qaysi biri amalga oshishi mumkin?
Photo: gettyimages

Shu kunlarda matbuot tominidan Karlo Anchelottining o'rniga bosh murabbiylik uchun turli xil nomzodlarni sizdirishmoqda. "Real" uchun olti nomzodning navbatdagi ikkisi haqida ma'lumot berib, maqolamni davom ettirmoqchiman. Sizningcha qaysi biri amalga oshishi mumkin?

Yurgen Klopp

Klopp to'qqiz yillik “Liverpul”dagi faoliyati davomida klub muzeyini Angliya primyer-ligasi g'olibligi, Angliya kubogi, ikki marta Angliya liga kubogi, chempionlar ligasi, yevropa super kubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionati kubogi kabi turli-xil sovrinlar bilan to'ldirish orqali zavqlanib yashadi.

Ellik yetti yoshli mutaxassis 2023/24 yilgi mavsumda “Enfild”dagi missiyasini tugatadi va ketishining asosiy sabablaridan biri sifatida charchoqni, dam olishni xohlashini keltirgadi. Hozirda u “Red Bull”ning global futbol bo'limi boshlig'i bo'lib ishlamoqda va o'yin falsafalari va klublar tarmog'ida rivojlanish bo'yicha maslahatlarni nazorat qilmoqda.

Nemis mutaxassisining nemis klubi bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnomasi bor. Shunday bo'lsada unga aniq taklif bo'lsa klubni tark etishini ta'kidlagan.

Ispaniya matbuotining tarqatishicha “Madrid” Klopni yana bosh murabbiylikka qaytarmoqchi, lekin uning agenti Mark Kosike bu mish-mishlarni yo'qqa chiqarganga o'xshaydi. “Yurgen hozirgi ishidan juda ham mamnun. U butun e'tiborini ”Red Bull"ga qaratgan",-deydi Kloppning agenti.

Zayniddin Zidan

Rafayel Benitez istefoga chiqarilgandan keyin, 2016 yil yanvarida “Real Madrid” Zidanni bosh murabbiy sifatida tanishtirib, muhlislarni kayfiyatini ko'targan edi.

Qiziqarlisi shundaki, Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi shu paytgacha kattalar asosiy jamoasini boshqarishda hech qanday tajribaga ega emas edi, faqatgina “Real”ning yoshlar jamoasiga murabbiylik qilgan edi halos.

Shunday bo'lsada, Zayniddin La liga, Ispaniya superkubogi, uch marta chempionlar ligasi kubogi, ikki marta klublar o'rtasidagi jahon chempionati kubogi, ikki marta yevropa superkubogi kabi sovrinlarni 2018 yili klub bilan qayta shartnoma imzolashidan avval qo'lga kiritib ulgurgandi.

Zidan o'n oylik tanaffusdan keyin 2019 yil martda yana “Santiyago Bernabevo”ga qaytib keldi va o'sha mavsumning o'zidayoq La liga va Ispaniya superkubogini qo'lga kiritdi.

Ellik ikki yoshli mutaxassis 2020/21 yilgi mavsum so'ngida “Madrid”ni yana bir bor tark etayotganda unga bir necha grand terma jamoalar va klublardan, xususan “Bavariya Myunxen”dan ajoyib takliflar bo'ldi.

Lekin, Ispaniya matbuotining ta'kidlashicha Zidan faqatgina “Real Madrid” yoki Fransiya terma jamoasida ishlash niyatida halos. Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyingina o'z o'rnini bo'shatib beradi. Shunday ekan Zayniddin Zidanning uchinchi marta “Santiyago Bernabevo”ga qaytish ehtimolligi yo'q emas.

davomi bor…

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting