\"Real\" bosh murabbiyligi uchun oltita nomzod bor, sizningcha qaysi biri amalga oshishi mumkin?
Madridning “Real” klubi keyingi bir necha hafta ichida bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan xayrlashib, italiyalik mutaxassis o'rniga yangi nom bilan sarguzashtlarni davom ettirishni dasdiqladi.

Don Karlo “Real Madrid”dagi faoliyati davomida 15 ta sovrinni qo'ga kiritdi. Shulardan 3tasi Yevropa chempionlar ligasi kubogi bo'lsa, ikkitasi La liga chempionligidir. Lekin, 65 yoshli murabbiy qo'l ostida “Real” bu mavsum ko'plab qiyinchiliklarga duch keldi. Anchi 26 aprel kuni bo'lib o'tadigan Ispaniya kubogi finalida “Barselona”ga qarshi bahsdan so'ng, klubni tark etishi mumkinligi tobora aniqlashib bormoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Anchelotii o'rniga hozircha oltita nomzor “qirollik klubi”ni boshqarishga asosiy nomzod hisoblanadi. Keling, ushbu nomzod murabbiylarga to'xtalib o'tamiz:
Xabi Alonso
Murabbiylar ro'yxatidan “Real Madrid”ning sobiq uch futbolchisi o'rin olgan. Ushbu nomzodlar orasida Xabi Alonso "Santyago Bernabeu"ga bosh murabbiy sifatida qaytishga eng asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi. Sobiq Ispaniya terma jamoasi futbolchisi “Real” safida 236 marta maydonga tushib, Ispaniya chempionligi, Ispaniya kubogi va cempionlar ligasi kabi sovrinlarni qo'lga kiritgan.

Alonso 2017 yilda butsalarini mixga ilgandan keyin, “Real”ning U14, keyinroq esa “Real Sosedad”ning “B” jamoasini boshqardi.

2022 yil oktabr oyida Germaniyaning “Bayer” klubi safida o'zining ilk asosiy jamoa bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini boshladi.
43 yoshli iqtidorli murabbiy o'zining qo'l ostidagi jamoasi bilan birgalikda 2023-24 yilgi mavsumda fantistik davrni boshidan o'tkazdi. Klub butun mavsum davomida yengilmas jamoaga aylandi hamda Germaniya chempionligi va Germaniya kubogini qo'lga kiritdi.

Shuningdek, Xabi Alonso Shogirtlari o'sha yili Yevropa ligasi finaligacha yetib bora oldi. Ajoyib murabbiy hozirgi kungacha dunyoning eng yaxshilaridan biri bo'lib turibdi. Agar “Real Madrid” Alonsoni o'z jamoasida ko'rishi xohlasa, 15-20 million funt sterling miqdorida tovon pulini “Bayer”ga to'lashi kerak bo'ladi.
Davomi bor…