locale OZ

Mendi «Real»ni tark etishi mumkin

Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mendi “Real”ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Real" klubi himoyachisi Ferlan Mendi qishki transfer oynasi vaqtida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar ustozi Xabi Alonso chap qanot himoyachisini o‘z rejalariga kiritmayapti. Klub yozgi transfer oynasida Alvaro Carrerasni xarid qildi. Shuningdek, Fran Garsiya ham kutilganidan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatmoqda. Shu bois klub Ferlan bilan xayrlashishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mendi 2019 yildan beri “Real” sharafini himoya qiladi. U hozirgacha klub tarkibida 201 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Mendi transfer narxini 14 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting