locale OZ

Indzagi \"Inter\" bilan shartnomani uzaytiradi

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Indzagi "Inter" bilan shartnomani uzaytiradi
Photo: Getty Images

“Inter” klubi murabbiy Simone Indzagi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tomonlar 2027 yilgacha hamkorlikni davom ettirishi mumkin. Murabbiyning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Indzagi 2021 yildan buyon jamoani boshqarib kelmoqda. Bu mutaxassis qo‘l ostida “Inter” A Seriyada g‘olib chiqdi, ikki bor Italiya kubogini qo‘lga kiritdi va uch marta Italiya Superkubogini yutdi.

Shuningdek, “Inter” ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Avval 2022/23 yilgi mavsumda “Inter” “Manchester Siti”ga mag‘lub bo‘lgan. Ikkinchisi esa 31 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadigan finalda “PSJ”ga qarshi maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting