locale OZ

Qolib ketgan \"Nasaf\", \"o'lim\" guruhi va kubok tarixi

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Guruhda qolib ketgan "Nasaf", "o'lim" guruhi va kubok tarixi
PHOTO: Telegram

Futbol bo'yicha O'zbekiston kubogining 2025 yilgi mavsumi qizg'in davom etmoqda. Avvaliga o'tgan yilgi chempionlar “Andijon”ning 2- turdan keyinoq guruhda qolib ketishi ma'lum bo'lgan bo'lsa, hal qiluvchi uchinchi turdan keyin “Nasaf” ham “Andijon” qatoriga qo'shildi.

Ushbu mavsumda OKMK, “Paxtakor”, “Nasaf” hamda Navoiy futbol akademiyasining “Navoiy FA” jamoalari bir guruhdan o'rin olishgan edi. Shuning uchun ham “H” guruhini “o'lim” guruhi deb atash mumkin.

“Sherlar” 13 karra O'zbekiston kubogi sohi bo'lishgan (1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011, 2019, 2020).

“Ajdarlar” Oʻzbekiston kubogini 4 marta boshi uzra ko'targan (2015, 2021, 2022, 2023).

“Konchilar” esa 2018 yili Bahtiyor Ashurmatov qo'l ostida O'zbekiston kubogi chempioniga aylanishgan.

Bu yil 32- mavsumini (1999-yili musobaqa bo'lmagan) o'tkazayotgan O'zbekiston kubogi bahslarining 18 ta chempionlari bir guruhdan o'rin olganidan keyin, albatta “o'lim” guruhi deb ataladi-da, to'g'rimi?

O'zbekiston kubogining qolgan 14 ta chempionlari qaysi klublar edi, deysizmi? Musobaqaning ilk g'olibi Namanganning “Navbahor” jamoasi hisoblanadi. Ular shuningdek yana ikki bor bu sovringa ega chiqishgan.

“Navbahor” (1992, 1995, 1998)

Vodiyning yana bir jamoasi Farg'onaning “Neftchi” klubi ikki marta kubok sohibi bo'lgan.

"Neftchi" (1994, 1996)

Braziliya terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo'lgan, “Chelsi”dagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Toshkentga ko'chib kelgan Luis Felipe Skolari “Bunyodkor” bilan O'zbekiston kubogini yuta olmagan bo'lsada, “qaldirg'ochlar” kubokni o'z tarixida 4 marta g'olibiga aylangan.

Shularning ikkitasini yutib olishda 1999-yilgi oltin to'p sohibi Rivaldoning ham hissasi bor. 10.2 million yevro maosh evaziga “Qaldirg'och"ga aylangan Rivaldo o'z muzeyiga o'zbek sovrinini ham qo'shib qo'ygan.

Bunyodkor (2008, 2010, 2012, 2013)

Toshkentning yana bir klubi “Lokomotiv” 3 karra chempion hisoblanadi.

Lokomotiv (2014, 2016, 2017)

Bu ro'yxatni Toshkent viloyatining “Do'stlik” jamoasi yakunlab beradi. Toshket shahri markazidan tahminan yigirma kilometr uzoqlikda joylashgan ushbu klub XXI asr boshida, ya'ni 2000-yilda o'zining O'zbekiston kubogidagi yagona chempionligini nishonlagan.

Biroz tarixni esga oldik. Keling endi yana “H” guruhidagi vaziyatga qaytamiz. So'ngi tur oldidan “sherlar” olti ochko bilan guruhda peshqadamlik qilayotgan edi va “Nasaf” hamda OKMK jamoalari esa bir hil uch ochko to'plagan holda ikkinchi o'rin uchun kurashayotgan edi. OKMK-"Nasaf" o'yinida esa olmaliqliklarning qo'li baland kelgan edi 3:2.

Shuning uchun ham guruhning so'ngi turida “Ajdarlar” poytaxtda guruh peshqadamini mag'lub etishi va OKMK klubi akademiya jamoasi bilan o'yinda ochko yoqotishini kutishi kerak edi. Amalda har ikkisi ham o'xshamadi. “Nasaf” “Jar”da jarga quladi. Qarshiliklar o'z tarixida ilk bor “Paxtakor”dan oltita to'p o'tkazib yubordi, 6:3. Olmaliqdagi bahsda esa, Mirjalol Qosimov shogirtlari yoshlarga master-klass o'tkazib berishdi, 12:1.

O‘zbekiston kubogi. 3-tur “H” guruhi

PAXTAKOR 6:3 NASAF

Gollar: Ibrohim Ibragimov, 3 pen (1:0), Igor Sergeyev, 14 (2:0), Stefan Cholovich, 28 (2:1), Akmal Mozgovoy, 32 (2:2), Dilshod Abdullayev, 36 (3:2), Husayn Norchayev, 54 (3:3), Igor Sergeyev, 61 (4:3), Brayan Riaskos, 81 (5:3), Igor Sergeyev, 85 (6:3)

Qizil kartochka: Alibek Davronov, 69 (Nasaf)

OKMK 12:1 NAVOIY FA

Gollar: Ruben Sanches, 1 (1:0), Aziz Xolmurodov, 19 (2:0), Nodirbek Abdurazzoqov, 21 (3:0), Ruben Sanches, 33 (4:0), Sherzod Raufov, 42 avtogol (5:0), Nodirbek Abdurazzoqov, 42 (6:0), Ahmadullo Muqumjonov, 50 (7:0), Asadbek Sobirjonov, 55 (8:0), Ruben Sanches, 58 (9:0), Hasan Murodilloyev, 60 (9:1), Xurshid G'iyosov, 64 (10:1), Xurshid G‘iyosov, 77 (11:1), Asadbek Sobirjonov, 78 (12:1)

O'zbekiston kubogining 2025 yilgi mavsumida mana shunday vaziyat vujudga keldi. “Nasaf” endi bor etiborini Superliga hamda OChL ga qaratadi. O‘zbekiston kubogining 1/8 finaliga 23-may kuni qur'a tashlanadi.

Final bahsi esa “Andijon” shahridagi “Bobur Arena”da bo'lib o'tadi. Sizningcha O'zbekiston kubogining bu mavsumdagi chempioni qaysi jamoa bo'ladi?

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting