locale ЎЗ
OZ - o'zbekcha ЎЗ - ўзбекча

Futzal. Oliy liga–2025/2026: yubiley gollar xronikasi

Chempionatdagi 600-gol esa 6-turda Jizzax shahrida kuzatildi.
Бошқа спорт турлари
Sports24.uz'ни Google'га қўшиш
Futzal. Oliy liga–2025/2026: yubiley gollar xronikasi
Фото: Ўзбекистон футзали

Futzal ishqibozlari Oliy liga–2025/2026 mavsumining ilk 6 ta turi davomida bir qator o‘ziga xos yubiley gollariga guvoh bo‘lishdi. Qisqa vaqt ichida yuzlab gollar kiritilishi joriy mavsumning sermahsul kechayotganini yana bir bor tasdiqlamoqda.

Jumladan, chempionatdagi 100-gol 1-tur doirasida bo‘lib o‘tgan “Dinamo” — “Qizilqum” uchrashuvining 30-daqiqasida qayd etildi. Uning muallifi navoiyliklar hujumchisi Alayor Sadirov bo‘ldi.

200-gol muallifi ham “Qizilqum” jamoasi safida harakat qiluvchi o‘yinchi bo‘ldi. Navoiyliklarning braziliyalik legioneri Henrike Suares Gimaraesh 2-turdagi OKMK — “Qizilqum” bahsining 17-daqiqasida ushbu nishonni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Chempionatdagi 300-gol Qarshining “Nasaf” jamoasi legioneri Ernest Saipidinov tomonidan kiritildi. U 3-turda BMB jamoasiga qarshi uchrashuvning 15-daqiqasida yubiley gol muallifi bo‘ldi.

400-gol 4-tur doirasida o‘tkazilgan “Qizilqum” — “Surxon” uchrashuvida qayd etildi. Termizliklar jamoasi o‘yinchisi Shomansur Shobahromov 26-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etib, ushbu yubileyni nishonladi.

500-golda ham “Qizilqum” jamoasi ishtirok etdi. Navoiyliklar darvozasiga SQB jamoasining braziliyalik hujumchisi Paxaro Simankis Xose Grigorio tomonidan uchrashuvning 15-daqiqasida kiritilgan gol yubiley sifatida qayd etildi.

Chempionatdagi 600-gol esa 6-turda Jizzax shahrida kuzatildi. OKMK — “Surxon” uchrashuvining 25-daqiqasida Toshkent viloyati jamoasi o‘yinchisi Fazliddin Botirov ushbu tarixiy gol muallifiga aylandi.

Розикжон Султонмуродов
Розикжон Султонмуродов
Журналист
Sports24.uz Бизни кузатинг
Асосий воқеаларни кузатиб боринг! Янгиликлар, натижалар ва спортдаги энг ёрқин лаҳзалар. Кузатинг ва энг муҳим воқеалардан хабардор бўлинг!
Изоҳлар
Изоҳ қолдириш учун рўйхатдан ўтинг