locale OZ

Futzal. Oliy liga–2025/2026: yubiley gollar xronikasi

Chempionatdagi 600-gol esa 6-turda Jizzax shahrida kuzatildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Oliy liga–2025/2026: yubiley gollar xronikasi
Фото: Ўзбекистон футзали

Futzal ishqibozlari Oliy liga–2025/2026 mavsumining dastlabki 6 turida bir qator esda qolarli yubiley gollarining guvohi bo‘lishdi. Qisqa vaqt ichida yuzlab gollar kiritilgani joriy mavsumning sermahsul davom etayotganidan dalolat bermoqda.

Xususan, chempionatning 100-goli 1-tur doirasida o‘tgan “Dinamo” — “Qizilqum” uchrashuvining 30-daqiqasida kiritildi. Bu gol muallifi navoiyliklar hujumchisi Alayor Sadirov bo‘ldi.

200-golning muallifi ham “Qizilqum” safidagi futbolchi bo‘ldi. Navoiyliklarning braziliyalik legioneri Henrike Suares Gimaraesh 2-turdagi OKMK — “Qizilqum” bahsining 17-daqiqasida o‘z hisobiga yubiley gol yozdirib qo‘ydi.

Chempionatdagi 300-gol Qarshining “Nasaf” jamoasi legioneri Ernest Saipidinov tomonidan urildi. U 3-turda BMBga qarshi o‘yinning 15-daqiqasida ushbu tarixiy gol muallifi bo‘ldi.

400-gol esa 4-tur doirasida o‘tkazilgan “Qizilqum” — “Surxon” uchrashuvida kiritildi. Termizliklar jamoasi o‘yinchisi Shomansur Shobahromov 26-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etib, ushbu yubiley golni nishonladi.

500-gol ham “Qizilqum” ishtirokida qayd etildi. Navoiyliklar darvozasiga SQB jamoasining braziliyalik hujumchisi Paxaro Simankis Xose Grigorio tomonidan uchrashuvning 15-daqiqasida urilgan gol yubiley sifatida ro‘yxatga olindi.

Chempionatdagi 600-gol esa 6-turda Jizzax shahrida qayd etildi. OKMK — “Surxon” uchrashuvining 25-daqiqasida Toshkent viloyati jamoasi o‘yinchisi Fazliddin Botirov ushbu tarixiy gol muallifiga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting