locale ЎЗ
OZ - o'zbekcha ЎЗ - ўзбекча

APL. «Arsenal» derbida «Chelsi» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Ushbu natijadan keyin "Arsenal" 9 ochko bilan APL turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
Футбол
Sports24.uz'ни Google'га қўшиш
APL. «Arsenal» derbida «Chelsi» ustidan irodali g‘alabaga erishdi
photo: gettyimages
Англия Премер-лигаси
06.09.2026, Як.
Арсенал
2
Челси
1

APL. «Arsenal» derbida «Chelsi» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Angliya Premer-ligasi 2026/27 mavsumi 3-turidan o‘rin olgan "Arsenal" — "Chelsi" uchrashuvi yakunlandi. Londondagi "Emireyts" stadionida o‘tgan bahsda "kanonirlar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvni bosh hakam Kris Kavana boshqardi.

2-daqiqada Morgan Rojers hisobni ochib, "Chelsi"ni oldinga olib chiqdi.

12-daqiqada Rikkardo Kalafori hisobni tenglashtirgan edi, ammo VAR tekshiruvidan so‘ng gol bekor qilindi.

25-daqiqada Kay Haverts gol urib, tablodagi muvozanatni tikladi.

50-daqiqada Martin Edegor "Arsenal"ning ikkinchi golini urdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ushbu natijadan keyin "Arsenal" 9 ochko bilan APL turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. "Chelsi" esa 6 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.

Navbatdagi turda "Arsenal" 12 sentyabr kuni "Sanderlend"ga qarshi o‘ynaydi. "Chelsi" esa shu kuni "Xall Siti" bilan bahs olib boradi.

Sports24.uz Бизни кузатинг
Асосий воқеаларни кузатиб боринг! Янгиликлар, натижалар ва спортдаги энг ёрқин лаҳзалар. Кузатинг ва энг муҳим воқеалардан хабардор бўлинг!
Изоҳлар
Изоҳ қолдириш учун рўйхатдан ўтинг